Oʻzbekiston preziden Shavkat Mirziyoyev OITSga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish haqidagi yangi qaror imzoladi.
Unda keyingi yillarda Oʻzbekistonda OIV infektsiyasi arqalishining oldini olish choralari, OIV epidemiyasiga yoʻl qoʻymaslik chora tadbirlari belgilangan.
Yangi qarorga koʻra:

OIV infektsiyasining tarqalishi sabablari oʻrganilib, aholi orasida kasallik tarqalishining oldini olish boʻyicha majmuaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
Barcha OITSga qarshi kurash markazlari va tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yangilanadi;
OITSga qarshi kurash xizmatining yagona maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi;
OIV infektsiyasiga qarshi kurash, jahon tajribasiga muvofiq, kasallik aniqlangan kunidan boshlab amalga oshiriladi;
Yuqori sifatli dori darmonlar sotib olish va davolashning uzuluksiz boʻlishini taʼminlash maqsadida, antiretrovirus preparatlar davlat byudjeti hisobidan xarid qilinish tizimi bosqichma-bosqich kiritiladi;

© Sputnik / Aleksey MalgavkoSogʻliqni saqlash vaziri: Rossiyaning 10ta regionida har 50-kishi OIV yuqtirgan
OIV infektsiyasining onadan bolaga yuqishi oldini olish uchun OIV infektsiyali onalardan tugʻilgan chaqaloqlarni 6 oylik boʻlgunga qadar sunʼiy sut aralashmalari bilan taʼminlanadi;
OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni kuchaytiriladi;
Mazkur qarorning qabul qilinishi, OIV infektsiyali shaxslarni erta aniqlash, kasallik boshqalarga yuqishining oldini olish, bemorlarni samarali davolash hamda ularga zarur boshqa tibbiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha yangi sifatli bosqich boʻlib xizmat qiladi.
Undan tashqari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oldida OIV infektsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha olgan majburiyatlari toʻlaqonli bajarilishini taʼminlaydi.